Entomologik tekshiruv ishlari davom etmoqda

2 июня, 2025

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan parazitar kasalliklarning entomologik manbalarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish maqsadida muntazam ravishda nazorat-tahlil ishlari olib borilmoqda.

🔎»Bilimdon» mahallasi hududidagi irrigatsiya tarmoqlarida entomologik tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruvlar sanitariya-gigiyena me’yorlari asosida tashkil etilib, asosan suv yo‘llarining atrof-muhitga ta’siri, unda rivojlanadigan hasharotlar va ularning tibbiy-sanitariya ahamiyati o‘rganildi.

⚠️Ushbu profilaktik-entomologik tekshiruvlar tumandagi sanitariya holatini yaxshilash, parazitar hamda yuqumli kasalliklar xavfini kamaytirish hamda aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий