Tashkilot haqida

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo`limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qo‘mita hamda boshqarma  qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga, amal qiladi. Bo`lim o‘z faoliyatida Qo‘mitaning hududiy bo`shqarmasiga (keyingi o`rnilarda – Boshqarma)  bo‘ysunadi va hisobot beradi.

Bo`lim  yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhriga va blankalariga, mustaqil balansiga va bank hisob raqamlariga ega.

Bo`lim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan  qarorlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Bo’limning asosiy vazifalari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi  sanitariya  qoidalari, normalari va gigiyenik normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish va sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash; oziq-ovqat xom ashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obyektlar faoliyatida asoslangan me’yor va standartlar talablariga rioya qilinishi ustidan tasdiqlangan metodologiyalar asosida nazorat olib boorish, yuqumli, parazitar, shuningdek yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish, sanitariya-gigiyena, bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillar bo‘yicha tizimli monitoringlarni tashkil qilish, amalga oshirish, tahlil qilish va tegishli hisobotlar yuritish, yuqumli va parazitar kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan o‘choqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazilishini tashkil qilish, amalga oshirish, sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligini ta’minlash maqsadida xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashni ta’minlash, baholash va bartaraf etish uchun kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq kasalliklar ustidan monitoringlar olib borish, o‘ta xavfli yuqumli infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik nazorat olib borish hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlarini o‘tkazish, turli ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun sanitariya-gigiyenik o‘qitishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘tkazish, sohaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida, zarur tekshirishlar va so‘rovlar o‘tkazish, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, soha yo‘nalishlari bo‘yicha hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.