



Yo’llangan murojaatda, qo’shnisining uy hayvonlari boqishini va buning noxush hidi yon-atrofga, xususan, hovlilarga va uy ichlarigacha kirib borishidan yashash tarziga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani tufayli amaliy yordam berish so’ralgan edi.
📌Shu sababli, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan tumandagi «Oq uy» mahallasining Oq bilol ko’chasida joylashgan xonadonlarda yuqoridagi murojaatga muvofiq belgilangan tartibda o’rganish ishlari amalga oshirildi.
🔹Shuningdek, hid yuqoriligi bois, mas’ullar bilan hamkorlikda ushbu holatga erta barham berish va uy hayvonlarini ko’chirib o’tkazish bo’yicha taklif kiritildi. Bundan tashqari, xonadon egalariga atrof-muhitni toza saqlash, jamoat salomatligiga jiddiy zara keltirmaslik yuzasidan ogohlantiruvchi sanitariya targ’iboti olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi