⚡️Zaharlanishga sabab bo’luvchi mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

2 июня, 2025

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida iste’molchilarning salomatligiga xavf tug‘diruvchi bir qator mahsulotlar aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

‼️Xususan, Mirobod dehqon bozori savdo rastalarida butunligi buzilib, o’z xususiyatlarini yo’qotgan va iste’molga yaroqsiz holga kelgan quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi:

➖80 kg qovun;
➖12 kg gulkaram,
➖5 kg salat bargi mahsulotlarining yaroqsizligi sababli sanitariya talablariga muvofiq tarzda utilizatsiya qilindi.

🔹Shuningdek, Fayzobod ko’chasi yo’l yuzida hech qanday hujjatlarga ega bo’lmagan holatda, noma’lum sharoitda tayyorlangan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan 7 kg somsa xamiri hamda 4 kg lag’mon xamiri mahsulotlari aniqlanib, tegishli tartibda brakeraj qilindi.

✅Mazkur holatlar yuzasidan sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish berilib, amaldagi Sanitariya qoida va me’yor talablari haqida tushuntirish olib borildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий