O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlangan xonadonlarda epidemiologik surishtiruv o‘tkazildi

2 июня, 2025

Surishtiruv davomida kasallikning kelib chiqish sabablari, tarqalish manbalari hamda sanitariya-gigiyena holati atroflicha o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, fuqarolarning ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq ehtiyotsizlik holatlari aniqlanib, joyida tegishli tushuntirish va profilaktik tavsiyalar berildi.

‼️Ushbu chora-tadbirlar, «Oq uy» mahallasi aholisida qayd etilgan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari sababli, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan kasallik o’choqlarida epidemiologik surishtiruv ishlari amalga oshirildi.

✅Shuningdek, kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida sanitariya-profilaktika tadbirlari kuchaytirilib, mavjud holat bo‘yicha epidemiologik nazorat davom etmoqda.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий