




Mirobod dehqon bozori hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida savdoga qo‘yilgan 2 kg pomidor, 2 kg bodring, 4 kg kabachki, 3 kg olma, 5 kg nok, 6 kg apelsin mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, saqlash shartlari va iste’molga yaroqlilik darajasi talabga javob bermagani sababli savdodan olinib, yo’q qilish choralari ko’rildi.
‼️Mazkur tadbir, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning oldini olish maqsadida olib borildi.
🔹Shuningdek, «Oltinko’l» mahallasida joylashgan oziq-ovqat do‘konlaridan tayyorlanishi noma’lum bo’lgan 9 kg lag‘mon xamiri mahsulotlari yaroqsizligi sababli savdodan oldirildi.
🔹Mazkur mahsulotlar sanitariya talablariga zid ravishda saqlangani, ayrimlarida buzilish alomatlari mavjudligi sababli iste’molchilar salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi sotuvchilarga uqtirildi va ogohlantirish berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi