Suzish havzalaridan laborator tekshiruv uchun namunalar olinmoqda

29 мая, 2025

Aholi salomatligini himoya qilish, yozgi oromgohlarda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✅Xususan, “A.Fitrat” mahallasi Tolimarjon ko’chasida joylashgan “Limpopo” yozgi suzish havzalaridan olingan suv namunalari belgilangan tartibda laboratoriya tahlilidan o‘tkazish uchun Yashnobod tuman Sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga yetkazildi.

✅Suzish havzasidan olingan suv namunalari tarkibida mikrobiologik va kimyoviy ko‘rsatkichlar sanitariya me’yorlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘rganiladi. Shu bilan birga, suzish havzasi binosi, kiyinish xonalari va hojatxonalarning sanitariya holati bo’yicha nazorat o’rnatildi.

⚠️Mazkur tadbirlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasining xavfsizligini ta’minlash va mavjud infratuzilmaning sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyat yuritishini nazorat qilishga qaratilgan. Laboratoriya tahlil natijalari asosida aniqlangan holatlarga ko‘ra tegishli choralar ko‘rish va muassasalarga sanitariya jihatidan tavsiyalar berish rejalashtirilgan.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий