Mahallalarda yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

31 мая, 2025

Bugun «Parvona» mahallasida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan aholi salomatligini saqlash, kasalliklarning erta oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida profilaktik tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirildi.

‼️Shu munosabat bilan, mahalla aholisi ishtirokida yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida aholiga ayniqsa mavsumiy kasalliklar, ichak infeksiyalari, respirator viruslar, gepatit, quturish, parazitar kasalliklar hamda yuqumli teri kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning belgilari va profilaktikasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹Mutaxassislar tomonidan aholiga kundalik gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, sanitariya-gigiyena holatini nazoratda ushlab borish kabi amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, bolalar va keksalar orasida uchraydigan yuqumli kasalliklar alohida e’tiborga olinib, ularning immunitetini mustahkamlash bo‘yicha maslahatlar berildi.

⚠️Tadbir davomida fuqarolarning savollariga javob berilib, tarqatma materiallar va eslatmalar taqdim etildi. Mahalla fuqarolari bu kabi suhbatlar aholining tibbiy madaniyatini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий