O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlangan xonadonlarda epidemiologik surishtiruv o‘tkazildi

31 мая, 2025

«Parvona» mahallasi aholisi o’rtasida qayd etilgan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari sababli, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan kasallik o’choqlarida epidemiologik surishtiruv ishlari amalga oshirildi.

⚠️Surishtiruv davomida kasallikning kelib chiqish sabablari, tarqalish manbalari hamda sanitariya-gigiyena holati atroflicha o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, fuqarolarning ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq ehtiyotsizlik holatlari aniqlanib, joyida tegishli tushuntirish va profilaktik tavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida sanitariya-profilaktika tadbirlari kuchaytirilib, mavjud holat bo‘yicha epidemiologik nazorat davom etmoqda.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий