Do’kon rastalaridagi mahsulotlarning sifati monitoringdan o’tkazilmoqda

31 мая, 2025

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan «Yangi zamon» hamda «Bilimdon» mahallasida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat savdo do‘konlarida sanitar-epidemiologik holatni o‘rganish, shuningdek, aholiga taqdim etilayotgan mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatini nazorat qilish maqsadida navbatdagi monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

✅Tadbir davomida savdo rastalarida iste’molga mo‘ljallangan tuz, un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari, ishlab chiqarilgan sanasi hamda yaroqlilik muddati o‘rganildi. Ayrim mahsulotlar belgilangan talab va me’yorlarga mos ekani aniqlangan bo‘lsa-da, ayrim holatlarda salbiy holatlarga ham duch kelindi.

✅Xususan, tayyorlanishi mutlaqo noma’lum bo’lgan 4 litr iste’molga yaroqsiz go’ja, o’z xususiyatlarini yo’qotgan bulochkalar hamda sifati buzilgan, qadoqlash sharoitlariga rioya qilinmagan tuzlangan tok mahsuloti aniqlanib, tegishli tartibda brakeraj qilindi.

⚠️Shu bilan birga, savdo do‘koni vakillariga sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, saqlash muddati o‘tgan mahsulotlarni sotmaslik va iste’molchilarning sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan har qanday mahsulotdan voz kechish yuzasidan tegishli ogohlantirishlar berildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий