




‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida «Chinor» mahallasida joylashgan oziq-ovqat savdo obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Tadbir davomida ayrim oziq-ovqat do’konlarida iste’molga mo‘ljallangan, ammo ishlab chiqarilishi va saqlanishi sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan mahsulotlar savdoga qo‘yilgani aniqlandi. Jumladan:
➖2 kg uy sharoitida tayyorlangan lag‘mon xamiri;
➖6 kg somsa xamiri;
➖8 bog‘ ko‘katlar;
➖7 kg banan va 3 kg olmalar inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli belgilangan tartibda savdodan olib tashlandi hamda ularni sotishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida sotuvchilarga ogohlantirish berildi.