Murojaat asosida somsaxona faoliyati o‘rganildi

30 мая, 2025

Aholi tomonidan yo‘llangan murojaatda, Mirobod tumani Sarako‘l ko‘chasida joylashgan somsaxonada har kuni erta tongda tandir yoqilishi natijasida tutun va noxush hid yaqin atrofdagi xonadonlarga kirib borayotgani, bu esa ayniqsa nafas yo‘llari bilan bog‘liq surunkali kasalligi bor fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlangan.

‼️Mazkur murojaatda keltirilgan e’tirozlar asosida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida somsaxonada tandir yoqish ishlari tonggi soatlarda amalga oshirilishi, tutun chiqarish tizimi o’rnatilmaganligi natijasida atrofga noxush hid taralayotgani aniqlandi.

⚠️Holat yuzasidan mazkur somsaxona egalariga belgilangan Sanitariya qoida va me’yorlariga qat’iy rioya etilishi, tutunni chiqarish tizimini takomillashtirish va aholiga noqulaylik tug‘dirmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantrish choralari qo’llanildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий