Kasalliklari o‘chog‘ida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi

30 мая, 2025

«Sarako’l» mahallasi fuqarolarida aniqlangan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari holati yuzasidan Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislar tomonidan kasallik o‘chog‘ida zudlik bilan zarur choralar ko‘rilib, dezinfeksiya tadbirlari tashkil etildi.

✅Mutaxassislar tomonidan birlamchi va yakuniy dezinfeksiya ishlari olib borildi. Xususan, kasallik bilan bog‘liq hududda yashovchi fuqaro yashash joylari, xonadon, umumiy foydalaniladigan joylar, ichimlik suvi manbalari to‘liq dezinfeksiya qilindi. Jarayon davomida zamonaviy dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanildi va barcha ishlar sanitariya talablariga qat’iy amal qilgan holda bajarildi.

⚠️Shuningdek, aholiga kasallikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi uqtirildi. Aholi orasida ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlaridan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy gigiyena, ayniqsa qo‘l yuvish qoidalariga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий