Ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida va irrigatsiya tarmoqlarida entomologik tekshiruv ishlari olib borildi

30 мая, 2025

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalikni ta’minlash maqsadida Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan Qo’yliq 1-mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida hamda irrigatsiya tarmoqlarida entomologik tekshiruv ishlari o‘tkazildi.

✅Tekshiruv davomida aholining turar joylari atrofidagi gigiyenik holat, namlik darajasi va boshqa omillar diqqat bilan o‘rganildi. Aniqlangan hollarda chivinlar va boshqa entomologik obyektlardan namunalar olindi hamda laboratoriya sharoitida tahlil uchun topshirildi.

✅Shuningdek, irrigatsiya tizimlarida ham kuzatuv ishlari olib borilib, mazkur joylarda suvning oqimi hamda chivinlarning ko‘payishiga olib keluvchi omillar chuqur o‘rganildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий