Entomologik tekshiruvlar davomida chivinlardan tahlil namunalari olindi

29 мая, 2025

‼️Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan tizimli ravishda entomologik tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Xususan, Xushnud 2-tor hamda Oltinko’l ko’chalarida joylashgan ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida entomologik kuzatuv ishlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida uy-joylarning umumiy foydalanishdagi hududlari, xususan, kirish qismlari, yerto‘lalari, zinapoyalar va boshqa entomologik xavf manbalari sinchiklab o‘rganildi.

🪰Tekshiruv davomida mutaxassislar tomonidan maxsus asbob-uskunalar yordamida chivin va boshqa qon so‘ruvchi hasharotlarning mavjudligi aniqlandi va laboratoriya tekshiruvi uchun maxsus probirkalar orqali chivinlardan namunalar olindi.

⚠️Ushbu namunalar laboratoriya sharoitida tahlil qilinib, chivinlarning turlari, ularning biologik xususiyatlari, shuningdek, kasallik tarqatish xavfi mavjudligi aniqlanadi. Bu esa aholining sanitariya-gigiyenik xavfsizligini ta’minlash va zarur choralarni belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий