⚡️Noqonuniy va sifati kafolatlanmagan “Andijon muzqaymog’i” brakeraj qilindi

28 мая, 2025

Havo harorati isib borishi bilan eng ko’p iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri bu muzqaymoqdir. Ammo duch kelgan joylarda sotilib, tayyorlanishi noma’lum bo’lgan hamda sifati kafolatlanmagan muzqaymoqlarni iste’mol qilish, o’tkir yuqumli ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi hech gap emas.

📌Shu bois Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan aholi o’rtasida ommaviy ovqatdan zaharlanishni oldini olish va ularning salomatligini saqlash maqsadida tuman hududlari bo’ylab reyd tadbirlari tashkil etildi. O’rganishlar davomida, “Afrosiyob” ko’chasi yo’l yuzida «Andijon muzqaymog’i» savdosi aniqlandi.

✅Holat yuzasidan surishtiruv olib borilganda, muzqaymoqni sotishga ruxsat etilganlik sertifikatlariga ega emasligi, sotuvchining tibbiy ko’rikdan o’tmaganligi hamda maxsus kiyimlar va bir martalik qo’lqoplardan muntazam ravishda foydalanmasligi ma’lum bo’ldi va sifati kafolatlanmagan hamda tayyorlanishi noma’lum bo’lgan 7 kg «Andijon muzqaymog’i» o’rnatilgan tartibda brakeraj qilindi va fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий