Mirobod tumanida sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida muntazam sanitariya-nazorat ishlari olib borilmoqda

29 мая, 2025

Bolalar va o‘quvchi-yoshlarning salomatligini himoya qilish, ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✅Jumladan, tuman hududidagi 110-sonli umumta’lim maktabining yopiq suzish havzasidan hamda boshqa umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan sog‘lomlashtirish sport maydonchalaridan olingan suv namunalari belgilangan tartibda laboratoriya tahlilidan o‘tkazish uchun Yashnobod tuman Sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga yetkazildi.

✅Suzish havzasidan olingan suv namunalari tarkibida mikrobiologik va kimyoviy ko‘rsatkichlar sanitariya me’yorlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘rganiladi. Shu bilan birga, sport maydonchalaridan olingan namunalar orqali bolalar uchun mo‘ljallangan maydonlarning ekologik xavfsizligi va umumiy sanitariya holati bo‘yicha tahlillar olib boriladi.

⚠️Mazkur tadbirlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport-sog‘lomlashtirish infratuzilmasining xavfsizligini ta’minlash va mavjud infratuzilmaning sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyat yuritishini nazorat qilishga qaratilgan. Laboratoriya tahlil natijalari asosida aniqlangan holatlarga ko‘ra tegishli choralar ko‘rish va muassasalarga sanitariya jihatidan tavsiyalar berish rejalashtirilgan.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий