





Laboratoriyada yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, mikrobiologik tekshiruvlar o‘tkazish hamda atrof-muhit obyektlarining sanitariya holatini nazorat qilish bo‘yicha muntazam tahlil ishlari olib borilmoqda.
‼️Xususan, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi huzuridagi bakteriologik laboratoriyada ish jarayonlari amaldagi Sanitariya qoidalari va me’yorlari hamda gigiyenik normativlarga muvofiq malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy uskunalar va tasdiqlangan metodikalardan foydalangan holda tashkil etildi.
🔬Shuningdek, laboratoriyada oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi, havo va tuproq namunalarida mikroorganizmlar mavjudligini aniqlash, xavfli infeksiyalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan nazorat tahlillari muntazam ravishda bajarilmoqda.
🔎Mazkur faoliyat aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilmoqda va bu yo‘nalishdagi ishlar belgilangan jadval asosida davom ettirilmoqda.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi