







‼️Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda.
🔹»Chinor» mahallasida joylashgan oziq-ovqat do‘konlaridan sifati kafolatlanmagan va tayyorlanishi noma’lum bo’lgan 15 kg lag‘mon xamiri hamda 10 kg somsa xamiri mahsulotlari yaroqsizlik holatida bo‘lgani sababli savdodan oldirildi.
🔹Shuningdek, Mirobod dehqon bozori hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida savdoga qo‘yilgan 35 kg banan, 6 kg gulkaram, 2 kg loviya (fasol) hamda 2 kg limon mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, saqlash shartlari va iste’molga yaroqlilik darajasi talabga javob bermagani sababli joyida utilizatsiya qilindi.
🔹Mazkur mahsulotlar sanitariya talablariga zid ravishda saqlangani, ayrimlarida buzilish alomatlari mavjudligi sababli iste’molchilar salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi sotuvchilarga uqtirildi va ogohlantirish berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi