







📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan navbatdagi sanitariya nazorati davomida tumandagi «Yangi zamon» mahallasidagi oziq-ovqat do‘konlarida o‘rganish o’tkazildi. O‘rganish jarayonida savdoga chiqarilgan ayrim mahsulotlar iste’molga yaroqsiz holatga kelgani aniqlandi.
✅Xususan, organoleptik ko‘rsatkichlarini yo‘qotgan, saqlash va realizatsiya qilish shartlariga rioya qilinmagan quyidagi mahsulotlar savdodan olib tashlandi:
🍌4 kilogramm banan;
🥬12 kg karam;
🍞18 dona non mahsuloti;
🍜 9 kg lag’mon xamiri;
🫑12 kg bulg‘or qalampiri;
🥦5 kg gulkaram;
🍊3 kg apelsin mahsulotlari tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mi va tuzilmasi bo‘yicha belgilangan me’yorlarga javob bermaganligi sababli iste’molchilarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfi mavjud deb topildi. Shuning uchun, sanitariya talablariga zid holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ushbu mahsulotlar savdo rastalaridan olib tashlandi va belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
⚠️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash har bir sotuvchining majburiyatlaridan biridir.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi