Murojaatlar asosida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi

27 мая, 2025

Kelib tushgan murojaatga ko’ra, aholi istiqomat qiluvchi ko’p qavatli uylarda yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazish uchun amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

‼️Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mas’ul mutaxassislari tomonidan “Qora suv” mahallasining ko’p qavatli uy yo’laklarida va kirish qismlarida fuqarolarning murojaatiga asosan joylarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi.

✅Mazkur tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Dezinfeksiya ishlari maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan belgilangan me’yor va texnik reglamentlarga muvofiq olib borildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий