Laborator tekshiruv uchun chivinlardan tahlil namunalari olindi

28 мая, 2025

Aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar, ayniqsa, chivinlar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan tizimli ravishda entomologik tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

✅Xususan, «Qo’yliq» 2- mavzasida joylashgan ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida entomologik kuzatuv ishlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida uy-joylarning umumiy foydalanishdagi hududlari, xususan, kirish qismlari, yerto‘lalari, zinapoyalar va boshqa entomologik xavf manbalari sinchiklab o‘rganildi.

🪰Tekshiruv davomida mutaxassislar tomonidan maxsus asbob-uskunalar yordamida chivin va boshqa qon so‘ruvchi hasharotlarning mavjudligi aniqlandi va laboratoriya tekshiruvi uchun maxsus probirkalar orqali chivinlardan namunalar olindi.

⚠️Ushbu namunalar laboratoriya sharoitida tahlil qilinib, chivinlarning turlari, ularning biologik xususiyatlari, shuningdek, kasallik tarqatish xavfi mavjudligi aniqlanadi. Bu esa aholining sanitariya-gigiyenik xavfsizligini ta’minlash va zarur choralarni belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий