Salmonellyoz kasalligi aniqlangan xonadonlarda epidemiologik surishtiruv o’tkazildi va laborator tekshiruv uchun namunalar olindi

27 мая, 2025

Salmonellyoz — bu Salmonella nomli bakteriyalar sababli yuzaga keladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, odatda oshqozon-ichak tizimini zararlaydi. Kasallik fekal-oral yo‘l bilan, ya’ni iflos qo‘l, gigiyenaga rioya qilinmagan oziq-ovqat yoki suv orqali yuqadi.

‼️Shu boisdan «Chinor» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroda qayd etilgan salmonellyoz kasalligi o’chog’ida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan epidemiologik surishtiruv ishlari amalga oshirildi.

⚠️Tadbir davomida xonadondagi oshxona buyumlari va maishiy jihozlardan laborator tekshiruv uchun surtma namunalar hamda oqava suv tizimidan suv namunalari olindi. Shuningdek, aholi orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyenaga amal qilish va xonadon tozaligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tavsiyalar va sanitariya-ma’rifiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий