

O’rganishlar davomida organoleptik ko‘rsatkichlari buzilgan, ikkilamchi yelim idishlarda saqlanayotgan 75 litr sut, 27 litr go‘ja, 14 litr qatiq mahsulotlari o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi va fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
‼️Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan o’tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida aniqlandi. Maqsad noma’lum sharoitda tayyorlanib, noto’g’ri sharoitda tayyorlangan mahsulotlar iste’moli oqibatida kelib chiqadigan o’tkir yuqumli ichak kasalliklari hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olishdir.
✅Eslatib o’tamiz, mahsulot xaridini amalga oshirayotganingizda uning qadoqlarida barcha zaruriy ma’lumotlari keltirilganligi va saqlash muddati, sharoitlariga alohida e’tibor qarating.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi