Mahalla fuqarolari bilan sanitariya qoidalariga oid davra suhbati tashkil etildi

28 мая, 2025

Xabaringiz bor, bugungi kunda mahalla, xususan xonadonlar aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini samarali tashkil etish mexanizmlari ishlab chiqilib, har bir sohada qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi e’tirofga loyiqdir.

‼️Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislar tomonidan tumanda joylashgan “Oltinko’l” mahallasi idorasida fuqarolarni sanitariya madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida sanitariya targ’ibot tadbirlariga oid davra suhbati bo’lib o’tdi.

✅Olib borilgan davra suhbati davomida:


yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari;
➖turli xil kasalliklardan himoyalanishda emlashning ahamiyati;
➖sog’lom turmush tarziga rioya qilish;
➖noma’lum uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik va iste’mol qilmaslik;
➖xarid jarayonlarida mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatiga amal qilish;
➖meva-sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
➖shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy tarzda rioya qilish;
➖foydalanilgan idish-tovoqlarni o’z vaqtida yuvish kerakligi xususida sanitariya targ’ibot o’tkazildi.

✅Yig’ilish so’ngida, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va yuqumli kasalliklardan saqlanishga oid muhim eslatmalar taqdim etildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий