Sotish texnikalariga rioya etilmagan mahsulotlar savdosiga chek qo’yildi

26 мая, 2025

Aholi salomatligi va oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olish borasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida, Mirobod tumanida joylashgan «Navro’z» mahallasidagi savdo do‘konlari Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan o’rganish ishlari o‘tkazildi.

✅Tekshiruv jarayonida savdo rastalarida noma’lum sharoitda tayyorlangan, yaroqlilik muddati va saqlash shartlari buzilgan 18 dona bulochka, 4 kg olma hamda 14 kg lag‘mon hamiri aniqlanib, iste’mol uchun yaroqsiz, salomatlikka xavf soluvchi ushbu mahsulotlar savdodan olib tashlandi.

✅Mazkur holat bo‘yicha do‘kon sotuvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. Savdo xodimlariga yaroqsiz mahsulotlarni sotish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar, iste’molchilarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий