Ko‘p qavatli uy yo‘laklarida entomologik tekshiruv o‘tkazildi

26 мая, 2025

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan aholining yashash sharoitini yanada sog‘lomlashtirish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

🧪Shu maqsadda, «Eski Sarako’l» ko’chasida joylashgan bir nechta ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi yo‘laklarida entomologik tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruv jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga zid holatlar, xususan, turli hasharotlarning (tarakan, chivin, pashsha va boshqa zararli artropodlar) o’rganildi.

⚠️Mutaxassislar tomonidan maxsus asbob-uskunalar yordamida yo‘laklar, zinapoyalar osti, texnik xonalar, yerto‘lalarda entomologik kuzatuvlar olib borildi. Bunday tadbirlar aholining sanitariya madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va zararkunandalar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий