Kemiruvchilarga qarshi dezatizatsiya tadbirlari o’tkazilmoqda

26 мая, 2025

Deratizatsiya — kemiruvchilarni qirish — yuqumli kasalliklarni tarqatadigan hamda xalq xoʻjaligiga iqtisodiy zarar keltiradigan kemiruvchilarni o’z vaqtida profilaktik yo’q qilish tadbirlarini oʻz ichiga oladi.

‼️Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi dezinfeksiya tadbirlari bo’linmasi mutaxassislari tomonidan hududdagi «Temuriylar» harbiy akademik litseyida kemiruvchilarga qarshi deratizatsiya tadbirlari amalga oshirildi.

✅Tadbir davomida, kirish qismlariga, yo’lak chetlariga, quvirlar yoniga kemiruvchilarga qarshi maxsus dorilar qo’yilib, deratizatsiya ishlari olib borildi. Bundan tashqari tashqi muhit obyektlariga maxsus kimyoviy vositalar yordamida ishlov berilib, to’liq zararsizlantirildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий