
Agar, sizga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan qonun buzilishiga doir holatlar yoki noqonuniy harakatlari ma’lum bo‘lsa (71) 283-36-21 «Ishonch raqamlari»ga xabar berishingizni so‘raymiz!
⚠️Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini Ishonch telefonlari orqali qabul qilish haftaning dam olish kunlari (shanba va yakshanba) dan tashqari soat 8:00 dan 15:00 gacha amalga oshiriladi. Unda fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar Mirobod tuman bo’limi xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy hatti-harakatlar, shuningdek sohaga doir sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
✅Agar berilayotgan ma’lumotlar yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq bo‘lmasa yoki sanitariya-epidemiologiya faoliyatiga daxldor bo‘lmasa, u holda ma’sul xodim tomonidan qayerga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.
‼️Qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi va murojaatlar anonimligi kafolatlanadi!
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va rahbariyatga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda, muddatda ko‘rib chiqiladi.
🌐Shuningdek, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limining rasmiy web-sayti (https://mirobodses.uz/) orqali taklif va murojaatlar qoldirish imkoniyatiga egasiz.
📍Manzil: Mirobod tumani, Sarako’l ko‘chasi 76-uy
☎️Telefon: (71) 283-36-21
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi