




Uyda yoki korxonada tozalikni saqlash juda muhim, ammo har doim ham bunga erishib bo‘lmaydi va bu narsa xonada xavfli infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Antisanitariya bilan birga kemiruvchilar va hasharotlar yo‘q qilinganidan keyin ham, ular mebel va narsalarda qoldirgan infeksiya o‘choqlari salomatligingizga xavf tug‘dirishi mumkin. Sizni kasallik xavfidan himoya qilish uchun dezinfeksiya tadbirlari muhim ahamiyatga ega.
📌Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
✅Dezinfeksiya jarayonida infeksiyalarning har qanday o‘chog‘ini va ularning oqibatlarini yo‘q qilish uchun to‘liq harakatlar olib borildi. Dezinfeksiya paytida mutaxassislarimiz tomonidan barcha sirtlarga, kirish yo’laklariga, mebellar va jihozlarga professional kimyoviy moddalar bilan ishlov berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi