



Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tumandagi barcha umumta’lim maktablarida 2024-2025 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari doirasida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha monitoring ishlari kuchaytirildi.
✅Xususan, ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari davomida o‘quvchilarga taqdim etilayotgan har qanday turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va iste’molga yaroqliligi mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, oshxona va vaqtinchalik ovqatlanish joylarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ham muntazam nazorat olib borilmoqda.
✅Mazkur nazorat tadbirlari maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘ini himoya qilish, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish, tadbirlarning xavfsiz va sog‘lom muhitda o‘tishini ta’minlashga qaratilgan.
⚠️Barcha ota-onalarni va maktab jamoalarini bolalar salomatligi yo‘lida belgilangan gigiyenik qoidalarga qat’iy amal qilishlarini eslatib o’tamiz.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi