Hududlardagi ko’chalar kesishmasida entomologik tekshiruv o‘tkazildi

23 мая, 2025

Aholining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida Mirobod tumani hududida muntazam ravishda entomologik tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

‼️Jumladan, 8-Mart va Mehrjon ko‘chalari kesishmasida joylashgan irrigatsiya ariqlari hamda atrofdagi o‘simliklarda maxsus entomologik kuzatuv va tahlillar amalga oshirildi. Tekshiruv davomida ushbu hududda qon so‘ruvchi hasharotlar, jumladan, chivinlarning tarqalish darajasi, ularning rivojlanish bosqichlari va yashash manzillari o‘rganildi.

⚠️Bu kabi tadbirlar aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishda muhim omil bo‘lib, epidemiyalarning oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий