⚡️Oziq-ovqat do’konlarida iste’molga yaroqsiz mahsulotlar savdosi aniqlandi

23 мая, 2025

‼️Aholini ommaviy ovqatdan zaharlanishini oldini olish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari tashkil etilib, tumandagi «Tolariq» mahallasida joylashgan oziq-ovqat do’konlarida sanitariya nazorati olib borilishi davomida, zaharlanishga sabab bo’luvchi mahsulotlar savdosi aniqlandi.

✅Savdo rastalarida, organoleptik jihatdan o’z xususiyatlarini yo’qotgan 5 kg gulkaram, 4 kg sabzi, 3 kg sarimsoq mahsulotlari savdodan oldirildi va yo’q qilish choralari ko’rildi.

⚠️Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan, do’kon sotuvchilariga nisbatan ogohlantirish berildi va Sanitariya qoida ve me’yor talablariga rioya qilgan holda faoliyat olib borish yuzasidan targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tuman bo’limi

Оставьте комментарий