⚡️Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parazitar kasalliklarga qarshi laborator tekshiruv uchun namunalar olindi

23 мая, 2025

Parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi parazitologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan ish reja asosida 126-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 342 nafar tarbiyalanuvchilari va 30 nafar xodimlaridan perianal qirindi usuli bilan laborator tekshirish uchun analiz, sanitariya-gelmintologik tekshiruv o’tkazish uchun anjomlardan 80 ta surtma, 1 ta tuproq namunalari olindi.

🔬Laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko’ra, 2 ta (ostritsa) gijja tuxumlari aniqlandi. Bu ko’rsatkich umumiy hisobda 0,6% ni tashkil etadi.

⚠️Eslatib o’tamiz, bolalar orasida eng ko‘p tarqalgan gijjalar — bu ostritsa (enterobioz) va askaridalardir, bola organizmida bo‘lgan gijjalar oshqozon-ichak traktiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, shaxsiy gigiyena qoidalariga va kunlik tozalik tadbirlariga e’tiborli bo’ling.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий