




Tuman bo’limiga kelib tushgan murojaatga ko’ra, aholi istiqomat qiluvchi ko’p qavatli uylarda yuqumli kasalliklarga qarshi dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazish uchun amaliy yordam ko’rsatish so’ralgan.
‼️Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mas’ul mutaxassislari tomonidan “Sarako’l” A.Fitrat ko’chasida joylashgan 33-uyning xonadonlarida fuqarolarning murojaatiga asosan joylarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi.
✅Dezinfeksiya vaqtida, xonadonning kirish yo’laklari, ichki xonalar, oshxona, hammom va hojatxonalar kimyoviy vositalar yordamida to’liq zararsizlantirildi hamda aholiga uy-joy orastaligini saqlash, o’z vaqtida tozalik ishlarini olib borish yuzasidan sanitariya targ’iboti olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi