⚡️Zaharlanishga sabab bo’luvchi mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

22 мая, 2025

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida iste’molchilarning salomatligiga xavf tug‘diruvchi bir qator mahsulotlar aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

‼️Xususan, Qo’yliq ota ko’chasi yo’l yuzida hech qanday hujjatlarga ega bo’lmagan holatda, noma’lum sharoitda tayyorlangan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan 20 litr ayron mahsuloti aniqlanib, tegishli tartibda brakeraj qilindi.

🔹Shuningdek, Mirobod dehqon bozori savdo rastalarida butunligi buzilib, o’z xususiyatlarini yo’qotgan va iste’molga yaroqsiz holga kelgan quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi:

– 8 kg gulkaram,
– 6 kg pomidor,
– 5 kg olma,
– 3 kg o‘rik,
– 2 kg bulg‘or qalampiri,
– 2 kg baqlajon,
– 1 kg ko‘kat mahsulotlar yaroqsizligi sababli sanitariya talablariga muvofiq tarzda utilizatsiya qilindi.

✅Mazkur holatlar yuzasidan sotuvchilarga nisbatan ogohlantirish berilib, amaldagi Sanitariya qoida va me’yor talablari haqida tushuntirish olib borildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий