





Sanitariya qoidalarining buzulishini oldini olish, zaharlanishga erta barham berish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mudiri Dilnoza Axmedova hamda mas’ullar tomonidan «Abdurauf Fitart» ko’chasida navbatdagi nazorat tadbirlari yo’lga qo’yildi. Natijada, fuqaro tomonidan qonun-qoidalar va belgilangan normativlarga zid ravishda ish jarayonlari tashkil etilganligi ma’lum bo’ldi.
✅O’rganishlar davomida, hech qanday hujjatlarga ega bo’lmagan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan 30 litr muzqaymoq,7 kg somsa xamiri, 5 kg chuchvara, 3 kg qiyma, 2 kg tok bargi mahsulotlari savdosi aniqlandi. Yaroqsiz deb topilgan mazkur mahsulotlar belgilangan tartibda savdodan olinib, yo’q qilish choralari ko’rildi.
📝Shuningdek, fuqaroga nisbatan, jarima bayonnomasi rasmiylashtirildi va amaldagi Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq faoliyat olib borish yuzasidan profilaktik sanitariya targ’iboti o’tkazildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi