Irrigatsiya ariqlari va o‘simliklarida entomologik tekshiruv o‘tkazildi

21 мая, 2025

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan parazitar kasalliklarning entomologik manbalarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish maqsadida muntazam ravishda nazorat-tahlil ishlari olib borilmoqda.

🔎»Mehrjon» mahallasidagi irrigatsiya ariqlari va o‘simliklar joylashgan hududlarda entomologik tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruvlar sanitariya-gigiyena me’yorlari asosida tashkil etilib, asosan suv yo‘llarining atrof-muhitga ta’siri, unda rivojlanadigan hasharotlar va ularning tibbiy-sanitariya ahamiyati o‘rganildi.

⚠️Ushbu profilaktik-entomologik tekshiruvlar tumandagi sanitariya holatini yaxshilash, parazitar hamda yuqumli kasalliklar xavfini kamaytirish hamda aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, bunday tadbirlar rejalashtirilgan jadval asosida tumandagi barcha 39 ta mahalla hududlarida ham izchil davom ettiriladi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий