Fuqarolar murojaatiga asosan poyabzal ta’mirlash ustaxonasi nazoratdan o’tkazildi

21 мая, 2025

Murojaat, tumanda joylashgan 4-sonli tug’ruq kompleksi rahbari tomonidan kelib tushgan bo’lib, obyektning yon tomonida poyabzal ta’mirlash ustaxonasi borligi va hech qanday turar-joyga ega bo’lmagan holatda sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda doimiy tarzda yashab kelayotgani noqulayliklarga sabab bo’lishi haqida e’tiroz bildirgan.

‼️Mazkur murojaatni atroflicha o’rganish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan 4-son tug’ruq kompleksi yaqinida joylashgan poyabzal ta’mirlash ustaxonasida profilaktik o’rganish o’tkazildi.

✅O’rganishlar davomida, antisanitariya holatda faoliyat olib borilayotgani va orqa qismini turar joyga moslashtirib olishgani ma’lum bo’ldi. Holat yuzasidan mas’ul mutasaddilarga xabarnoma yo’llandi va atrof-muhit orastaligi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan sanitariya targ’iboti olib borildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий