



Yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida aniqlash va ularga erta barham berish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan “Yangi zamon» hamda «Furqat» mahallasi fuqarolarida qayd etilgan yuqumli kasalliklar o’chog’ida epidemiologik surishtiruv ishlari amalga oshirildi.
✅Olib borilgan surishtiruvdan so’ng, bakteriologik tekshiruv uchun, oshxona buyumlari va maishiy jihozlardan surtma namunalar hamda oqava suv tizimidan suv namunalari olindi va tahlil natijalarini tez bosqichlarda aniqlash uchun tuman bo’limiga yuborildi.
✅Fuqarolarda yuqumli kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyenaga amal qilish va xonadon tozaligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tavsiyalar berilib, tarqatmalar taqdim etildi. Shuningdek, kasallikni oldini olishda eng samarali usullardan biri emlash tadbirlarida faol ishtirok etishni ta’minlash, vaksina samaradorligi bo’yicha ko’rsatmalar berilib, tushuntirish olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi