Yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida ochiq suv havzalarida entomologik tekshiruv o’tkazildi

20 мая, 2025

O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari ochiq suv manbalarining sanitariya holatini baholash, shuningdek, ichimlik suvi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarni aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

‼️Shu bois, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi Parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan Qora suv ochiq suv havzalaridan ish rejaga muvofiq suv namunalari olindi.

💧Mazkur ishlar gigiyena talablari va amaldagi Sanitariya qoida va normalariga muvofiq ravishda amalga oshirildi. Olingan suv namunalari orqali mas’ul xodim tomonidan entomologik tekshiruv ishlari to’liq olib borildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий