⚡️Butunligi buzilgan mahsulotlar savdodan olindi

20 мая, 2025

Oziq-ovqat xavfsizligi doirasida amalga oshirilayotgan reyd tadbirlari davomida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan Mirobod dehqon bozorining savdo rastalarida monitoring o‘tkazildi.

✅O‘rganishlar natjasida, aholi iste’moli uchun sotuvga chiqarilgan 8 kg qo’ziqorin, 8 kg pomidor, 7 kg o’rik, 5 kg qulupnay mahsulotlarining butunligi buzilganligi, organoleptik (tashqi ko‘rinish, hid, ta’m) xususiyatlarini yo‘qotganligi aniqlandi. Mazkur mahsulotlar iste’mol uchun yaroqsiz deb topilib, savdodan olinib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

⚠️Shuningdek, tadbir davomida savdo vakillariga oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, realizatsiya qilish va iste’molchining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan sharoitlarda yetkazib berish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий