Jamoaviy murojaatga ko’ra «Lolazor» mahallasida o’rganish o’tkazildi

20 мая, 2025

Murojaatning mazmunida, Afrosiyob ko’chasi 15-uyga biriktirilgan «Mirobod komfort» MCHJ ga qarashli boshqaruv servis kompaniyasidan noroziligi va bunga sabab, ko’p qavatli uyning kirish yo’laklarining sanitariya holati talabga javob bermasligi, tozalik ishlari o’z vaqtida amalga oshirilmasligi va shaxtalar ancha eskirib, yerto’ladan noxush hid tarqalishi yuzasidan jamoaviy e’tiroz bildirilgan.

📌Shu jumladan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mas’ullari tomonidan tumandagi «Lolazor» mahallasi Afrosiyob ko’chasining ko’p qavatli uylarida yashovchi aholining murojaatlariga ko’ra joyida o’rganish o’tkazilib, bunga mahalla raisi, boshqaruv servis mutasaddilari ham jalb etildi.

✅Aniqlangan holatlarning dastlabki xulosalaridan so’ng, ushbu obyektda tozalik ishlari keng qamrovda tashkil etilib, murojaatda keltirilgan kamchiliklarni hal etish bo’yicha bir qator vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mutasaddilarga hamda mahalla raisi va fuqarolariga, atrof-muhitni ozoda saqlash, yashil iqtisodiyot yilini keng targ’ib qilish va tozalik tadbirlarini muntazam o’tkazib borishga qaratilgan sanitariya targ’iboti olib borildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий