
Qulupnay — vitaminlarga boy, foydali antioksidantlarga ega, yurak-qon tomir tizimi, teri va immunitet uchun juda foydali meva. Biroq, uni noto‘g‘ri iste’mol qilish sog‘liq uchun muayyan xavflarga sabab bo‘lishi mumkin. Quyidagi tavsiyalar bu mevadan eng to‘g‘ri foydalanishga yordam beradi.
🍓Qulupnayni yuvmasdan iste’mol qilishdan saqlaning!
➖Qulupnay yerga yaqin o‘sadigan meva bo‘lganligi sababli, chang, tuproq, hasharot izlari va pestitsidlar bilan qoplanishi mumkin.
➖Iste’mol qilishdan oldin bir necha suvda yaxshilab yuvish, so‘ngra ozroq sirka yoki tuz eritmasida 5–10 daqiqa ushlab, yana toza suvda chayish tavsiya etiladi. Bu bakteriyalar va pestitsidlarni kamaytiradi.
🍓Me’yorida iste’mol qiling!
Qulupnay tabiiy shakar va kislotalarga boy. Ko‘p iste’mol qilish:
➖Allergik reaksiya (toshma, qichishish, lab shishishi).
➖Qorin dam bo‘lishi yoki ich ketishi,
➖Tish emalining yemirilishi kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
➖Kattalar uchun kunlik me’yor — 1 stakan (150–200 gramm).
🍓Allergiyaga moyil kishilar ehtiyot bo‘lishi kerak!
➖Qulupnay histamin ajralishini qo‘zg‘atadigan mevalardan bo‘lib, ba’zi odamlar uchun allergiya manbai bo‘lishi mumkin.
➖Ilgari qulupnay iste’molidan so‘ng allergik reaksiya kuzatilgan bo‘lsa, uni iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.
🍓Bozordan xarid qilishda diqqatli bo‘ling!
➖Mevalar toza, silliq, mog‘orsiz, yorqin qizil va hidi yoqimli bo‘lishi kerak.
➖Yumshab qolgan, dog‘ tushgan yoki ko‘kargan qulupnaylar tez buziladi va ichak infeksiyalariga olib kelishi mumkin.
🍓Sovutkichda saqlash tartibi!
➖Qulupnayni yuvmasdan oldin saqlang — yuvilgan mevalar tezroq chiriydi.
➖Ularni qog‘oz sochiq solingan idishda, muzlatkichda ochiq holda 2–3 kun saqlash mumkin.
➖Uzoq muddatli saqlash uchun muzlatib qo‘yish mumkin — bu holda vitaminlari asosan saqlanadi.
🍓Och qoringa iste’mol qilmaslik kerak!
➖Qulupnaydagi tabiiy kislotalar och qoringa ta’sir qilib, oshqozon qichishishi, gastrit, yoki kislotali qayt qilish holatlarini kuchaytirishi mumkin.
➖Eng yaxshi vaqti — asosiy ovqatdan 1-2 soat keyin, yoki nonushtaga qo‘shimcha tarzda iste’mol qilish.
🍓Bolalar va keksalar uchun alohida e’tibor!
➖1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarga qulupnay tavsiya etilmaydi — bu yoshda allergik reaksiya xavfi yuqori.
➖Keksa odamlar, ayniqsa oshqozon-ichak muammolari yoki buyrak kasalliklari bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashgan holda me’yorida iste’mol qilishlari kerak.
🍓Sog‘lom retseptlar orqali foydasini oshiring!
Qulupnayni:
🫗tvorog bilan;
🍶tabiiy yogurtga aralashtirib;
🥜yong‘oq yoki suli yormasi bilan birga tanovvul qilish — sog‘lom va to‘yimli variant hisoblanadi;
🍦shakar bilan ezish yoki muzqaymoq bilan iste’mol qilish esa foydasini kamaytiradi.
Qulupnay sog‘lom ovqatlanish uchun ajoyib tanlovdir. Ammo uni to‘g‘ri yuvib, me’yorida iste’mol qilish, saqlash qoidalariga rioya qilish va o‘z organizmingizga mos tarzda foydalanish — asosiy shartlardan biridir. Ayniqsa yoz faslida sifatsiz yoki ifloslangan qulupnay ichak kasalliklari va allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi