Maktabgacha ta’lim tashkilotida shartnomaga muvofiq dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi

17 мая, 2025

Yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 135-sonli hamda 507-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shartnoma asosida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

✅Mazkur tadbir, ishchi xodimlar hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Dezinfeksiya ishlari maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan belgilangan me’yor va texnik reglamentlarga muvofiq olib borildi.

✅Tadbirlar davomida dmttning kirish qismlarida, bolalar o’yingohlarida, yotoqxona, oshxona va hojatxonalar, shuningdek, barcha sirtlarda zaruriy dezinfeksiyalovchi vositalar qo‘llanildi hamda hududlar to‘liq qamrab olindi.

‼️Bunday profilaktik choralar tumandagi ta’lim tashkilotlarida va barcha davolash profilaktika muassasalarida tizimli ravishda davom ettirilishini ma’lum qilamiz.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий