
Quyosh nurlari inson salomatligiga foydali bo‘lishi bilan birga, haddan tashqari issiqlik va ultrabinafsha (UV) nurlar ta’siri sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
☀️Quyoshdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saqlaning
➖Eng issiq vaqt (soat 11:00 dan 16:00 gacha) quyosh nurlarining eng kuchli payti hisoblanadi. Shu vaqt oralig‘ida ochiq havoda yurishdan tiyiling yoki soya joylarda bo‘lishga harakat qiling.
➖Agar tashqariga chiqish zarur bo‘lsa, imkon qadar soyabon, kepka, yoki shlyapa taqing.
👕To‘g‘ri kiyim tanlang
➖Yengil, paxtali yoki ipakli matolardan tikilgan, yorqin rangli, va bo‘sh tikilgan kiyimlar tanlang. Bunday kiyimlar terining nafas olishini osonlashtiradi va quyosh nurini qaytaradi.
➖Uzun yengli ko‘ylak va uzun shimlar terini bevosita quyosh nurlaridan himoya qiladi.
🧴Quyoshdan himoyalovchi krem (SPF) ishlating
➖Teri kuyishining oldini olish uchun quyoshga chiqishdan 20-30 daqiqa oldin kamida SPF 30 bo‘lgan krem surting.
➖Kremni har 2-3 soatda, ayniqsa suvga tushgandan yoki terlaganingizdan keyin qayta surtish zarur.
🕶Ko‘zlaringizni himoya qiling
➖UV nurlar ko‘zlarga zarar yetkazishi mumkin. UV-filtrli quyosh ko‘zoynaklari taqing.
➖Keng soyabonli shlyapalar ham ko‘z va yuzni soyada saqlashga yordam beradi.
🚰 Suv ichishni unutmang
➖ Jazirama kunlarda tana tez suvsizlanadi. Kuniga kamida 2-3 litr suv ichishga harakat qiling.
➖Shirin gazli ichimliklar va kofeinli mahsulotlar o‘rniga oddiy suv, limonli suv yoki tabiiy sharbatlar iching.
🌴Salqin joylarda bo‘ling
➖Ilk imkoniyatda konditsionerli yoki ventilyatorli joylarda bo‘ling.
➖Uyda bo‘lsangiz, derazalarga quyosh nurini to‘suvchi pardalar tuting.
⚡️Issiqlik urushidan ehtiyot bo‘ling
➖Belgilari: bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi, yurak urishining tezlashuvi, terlashning to‘xtashi.
➖Bunday holatda zudlik bilan soyaga o‘ting, suv iching va imkon qadar salqin joyga yoting. Zarurat bo‘lsa, tibbiy yordam chaqiring.
➖Bolalar va qariyalar quyoshga nisbatan sezuvchanroq bo‘ladi — ularga alohida e’tibor bering.
➖Quyoshli kunlarda ochiq terili odamlarda kuyish xavfi yuqori — ularning teri himoyasiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi