



Avval xabar berganimizdek, «Toza qo’llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida 2025-yil 6-maydagi 297-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi barcha davolash profilaktika muassasalarida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
📌Nazorat davomida, quyidagilar bo’yicha o’rganish o’tkazildi:
➖Hojatxonalarning ta’ mirlanganligi;
➖Issiq- sovuq suv, kanalizatsiya elektr toki ishchi holatdaligi;
➖Hojatxonadagi qo’l yuvish chanoqlarito’liq ish holatdaligi;
➖San-texnik jihozlarining uzliksiz yuvishi va ishlashi;
➖Sanitariya-gigiyena obektlari (hojatxona)ga yo’l ko’rsatuvchi alohida belgilar va yozuvlar borligi;
➖Har bir sanitariya-gigiyena obektlari toifasi (bemorlar va xodimlar uchun)
➖Hojatxonaning kirish eshigida jins belgisi, yosh va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun mo’ljallangan belgilar o’rnatilganligi;
➖Tozalash va zararsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirilishi hamda ushbu tadbirlarni amalga oshiruvchi xodimlar maxsus ish kiyimi bilan ta’minlanishi;
➖San-texnik nosozliklar aniqlanganda zudlik bilan bartaraf etish va mas’ullarning xabardor etilishi;
➖Qo’l quritish qurilmasi yoki qog’oz sochiqlar bilan ta’minlanganligi;
➖Chiqindi qutisi (alohida politilen qoplar bilan) ta’minlanganligi;
➖Sanitariya-gigiyena vositalar, hidni bartaraf qilish vositalari (dezodorant yoki maxsus filtr) mavjudligi yuzasidan ogohlantiriuvchi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
✅O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yuqoridagi talablarning ijrosini belgilangan muddat ichida ta’minlanishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi