Organoleptik jihatdan yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar savdodan olindi

16 мая, 2025

O‘rganishlar davomida bozorning savdo nuqtalarida sotuvga chiqarilgan 20 kg gulkaram, 8 kg kabachka 6 kg bulg’or qalampiri, 5 kg pomidor, 3 kg ko’katlar butunligi buzilganligi, organoleptik (tashqi ko‘rinish, hid, ta’m) xususiyatlarini yo‘qotganligi aniqlandi. Mazkur mahsulotlar iste’mol uchun yaroqsiz deb topilib, savdodan olib tashlandi va belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

‼️Ushbu tadbir, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan Mirobod dehqon bozorida monitoring o‘rganish ishlari davomida aniqlandi.

⚠️Shuningdek, tadbir davomida sotuvchilarga mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, realizatsiya qilish va iste’molchining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan sharoitlarda yetkazib berish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

‼️Bunday profilaktik tadbirlar muntazam ravishda davom ettirilib, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar yanada kuchaytirilishini takidlab o’tamiz.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий