
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari — bu ich ketishi, qayt qilish, isitma, qorinda og‘riq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladigan va asosan ovqat yoki suv orqali yuqadigan kasalliklar bo‘lib, ular orasida dizenteriya, salmonellyoz, rotavirus, ich terlamasi kabi xavfli holatlar bor. Yozda ularning tarqalishi kuchayadi, chunki yuqori haroratda mikroblar tez ko‘payadi.
🚰Ichimlik suvi xavfsizligiga e’tibor bering!
➖Faqat qaynatilgan yoki ishonchli manbadan olingan suvni iching.
➖Ochiq ariqlar, quduqlar yoki noma’lum manbalardan suv ichmang.
➖Plastik idishdagi suvlarni ham har doim iste’mol qilishdan oldin yaroqlilik muddatini tekshiring.
👩🏻🍳Ovqatlanishda gigiyenaga rioya qiling!
➖Qo‘llarni sovun bilan yuvish — har ovqatdan oldin va hojatxonadan chiqqandan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish yuqumli kasalliklarning 70% oldini oladi.
➖Ko‘chadan sotib olingan tayyor taomlardan tiyiling, ayniqsa ochiq havoda tayyorlangan fast-fud mahsulotlar xavfli bo‘lishi mumkin.
➖Uyda tayyorlangan ovqatni muzlatgichda saqlang, 2 soatdan ortiq xona haroratida turgan ovqatni iste’mol qilmang.
🍇Meva-sabzavotlarni to‘g‘ri yuvish
➖Meva va sabzavotlarni bir necha marta toza suvda yuvib, imkon qadar qaynoq suvda chaying.
➖Ko‘p hollarda yuvilmagan uzum, gilos, tarvuz kabi mevalar orqali mikroblar yuqadi.
🛀🏻Shaxsiy va muhit gigiyenasiga amal qiling
➖Bolalar o‘yinchoqlarini, stakan va idish-tovoqlarni doim toza saqlang.
➖Oshxona anjomlarini xom va pishgan ovqatlar uchun alohida ishlating (masalan, go‘sht va sabzavotlar uchun alohida taxtacha).
➖Chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarish va yopiq idishlarda saqlash muhim.
🏊🏻♀️Suv havzalarida ehtiyot bo‘ling
➖Ochiq ko‘llar, ariq va daryolarda cho‘milishdan oldin ular ruxsat etilgan va sanitariya nazoratidan o‘tgan bo‘lishi kerak.
➖Yuqoridagi joylarda suv yutish orqali infeksiya tanaga tushishi mumkin.
🦟Uy hayvonlari va hasharotlardan himoyalaning
➖Uy hayvonlari orqali, ayniqsa yozda, kasalliklar ko‘chishi mumkin. Ularni toza saqlang va bolalar bilan nazoratsiz aloqasiga yo‘l qo‘ymang.
➖Chivin, pashsha kabi hasharotlar infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Ular ovqat ustiga qo‘nmasligi uchun tarmoqli eshik-deraza ishlating, ovqatlarni yopib qo‘ying.
👫Bolalar gigiyenasiga alohida e’tibor bering
➖Bolalarning tirnoqlari osti toza bo‘lishi, qo‘llari muntazam yuvilishi nazorat qilinsin.
➖Bolaga “nima yesa ham avval qo‘l yuvish kerak” degan odatni erta yoshdan o‘rgating.
❌Kasallik belgilari bo‘lsa, o‘zini davolamaslik!
➖Ich ketish, qayt qilish, isitma holatlari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
➖Uyda o‘zboshimchalik bilan dori ichish o‘rniga mutaxassis nazorati ostida davolanish zarur.
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklaridan himoyalanish — har bir fuqaroning kundalik gigiyena madaniyati, oziqlanishga e’tibori va bolalar sog‘lig‘iga bo‘lgan g‘amxo‘rligidan boshlanadi. Yozgi mavsumda ushbu choralarni ko‘rish orqali oila a’zolarining salomatligini asrash mumkin.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi