Ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida sifatsiz mahsulotlar savdodan olindi

15 мая, 2025

Aholi salomatligini saqlash, ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan Mirobod dehqon bozorida monitoring o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

✅O‘rganishlar davomida bozorning savdo nuqtalarida sotuvga chiqarilgan 4 kg ko’katlar, 5 kg pomidor, 5 kg imbir, 6 kg bodring, 7 kg turli xildagi mevalarning butunligi buzilganligi, organoleptik (tashqi ko‘rinish, hid, ta’m) xususiyatlarini yo‘qotganligi aniqlandi. Mazkur mahsulotlar iste’mol uchun yaroqsiz deb topilib, savdodan olib tashlandi va belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

⚠️Shuningdek, tadbir davomida sotuvchilarga mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, realizatsiya qilish va iste’molchining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan sharoitlarda yetkazib berish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

‼️Bunday profilaktik tadbirlar muntazam ravishda davom ettirilib, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar yanada kuchaytirilishini takidlab o’tamiz.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий